So’nggi yangiliklar

19:52Super Rapid & Blitz Poland 2026. Синдаров турнирни нечанчи ўринда якунлади ва қанча мукофот пули ишлаб олди? 0 19:31Хамзат Чимаевни мағлубиятдан сўнг дарҳол жангга чорлашди 0 19:10Ўзбекистон ва Россия дзюдо федерациялари стратегик ҳамкорликни кенгайтирмоқда 0 18:4937 ёшли Мхитарян ёзда фаолиятини якунлаши мумкин 0 18:28Паркентда кураш ва белбоғли кураш бўйича анъанавий турнир ўтказилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 18:07Илҳом Назимовнинг "Киллер"га қарши илк RIZIN чемпионлик жангида нокаут қайд этилди 0 17:46Мария Тимофеева Istanbul Open чемпиони! 0 17:25Мбаппе ва Вальверде "Реал"нинг Класико учун қайдномасида йўқ! 0 17:04Спорт гимнастикачиларимиз Жаҳон челленж кубогида 3 та медалга сазовор бўлишди 0 16:43Даниэль Дюбуа ва Фабио Уордли жангида даҳшатли камбэк қайд этилди 0 16:22Дана Уайт тасдиқлади! Хамзат Чимаев Богдан Гусковнинг дивизионига ўтади 0 16:01"Манчестер Юнайтед" "Милан" ҳимоячисини сотиб олиши мумкин 0 15:40"Чироғингни ўчириб қўяман". Чемпион Стриклендга "вызов"лар бошланди 0 15:19Артур Гулиев Жаҳон кубогида кумуш медални қўлга киритди 0 14:58Музаффарбек Тўрабоев бош соврин — автомобил соҳиби! (ФОТОРЕПОРТАЖ) 0

08 avg 12:59
Yangiliklar

Taekvondo

Jahon chempionati. Hozircha ikki nafar taekvondochimiz chorak finalga yo'l oldi

Poytaxtimizda taekvondo bo'yicha kadetlar o'rtasida jahon chempionati davom etmoqda.

Bugun kun davomida besh nafar taekvondochimiz dayanga chiqishi haqida avvalroq malum qilgandik. 

-37 kg vaznli taekvondochimiz Abror O'lmasov 1/32 finalda qirg'izistonlik Yaroslav Romanovni 33:3 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. 1/16 finalda esa qozog'istonlik Tamerlan Tleulesga 12:17 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. 


-33 kg vazn toifasidagi Muhammadamin Aliev esa ilk jangida britaniyalik Ouen Blantga qarshi dayanga chiqdi va 23:2 hisobida g'alaba qozondi. Nimchorak finalda esa filippinlik Xulio Migel Sapatani 23:3 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Endi u chorak finalda shveciyalik Ademi Bleronga qarshi bahs yuritadi. 


-41 kg vaznli Laylo Zayniddinova musobaqani 1/16 finaldan boshladi. Hamyurtimiz ilk jangida tojikistonlik Gulnoza Maksumovaga qarshi jang qilib, 8:5 hisobida g'alaba qozondi. 1/8 finalda esa misrlik Yana Elmanzalvi bilan jang qilgan Laylo 4:0 hisobida g'alaba qozonib, chorak finalga yo'l oldi. Endi Laylo yarim finalga chiqish uchun eronlik taekvondochi Zahro Zarin Naal SHeyxaniga qarshi jang qiladi. 


-47 kg vaznli qizimiz Sitora Muhammad G'ulom Rasul 1/16 finalda bolgariyalik Alina Ivanovani 11:5 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Endi u chorak finalga chiqish uchun qozog'istonlik Mariya Sevostyanovaga qarshi bahs yuritadi. 


-53 kg vaznli taekvondochimiz Samandar Hamdamov hali janglarni boshlamadi. U ishtirokini 1/8 finalda bolgariyalik Denis Dimitrovga qarshi dayanga chiqadi. 


Suratlar muallifi: Jahongir Fayzullaev

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing