So’nggi yangiliklar

16:47Англиянинг топ-клуби Хаби Алонсо билан боғланди 0 16:26MMA жамоатчигининг Пратес - Маддалена жангига муносабати 0 16:05Хайме Мунгия WBA йўналишининг янги чемпиони 0 15:44Бенавидес Рамиресни тўхтатди ва Канелога "вызов" ташлади 0 15:23"Ювентус" "Реал" ҳужумчисини ўз сафига қўшмоқчи 0 15:02"Махачев - Гарри жанги ғолиби билан уришмоқчиман" - Карлос Пратес 0 14:41"Аввал Махачевни ютаман, кейин сен билан Бразилияда жанг қиламан" - Гарри Пратесга мурожаат қилди 0 14:20Хамзат Чимаев: "Менда аллақачон камар бор. Энди пул ортидан қувяпман" 0 13:59Диего Симеоне мураббийлик фаолиятидаги 1000-ўйинини ўтказди 0 13:38Наоя Иноуэнинг навбатдаги жанги муддати ва рақиби айтилди 0 13:17"Умид қиламанки Гарри Ислам Махачевни юта олади" - Пратес 0 12:56Камондан отиш бўйича Ўзбекистон терма жамоаси Шарқий Осиё сафарига йўл олди 0 12:35"Барселона" 10 йилдан сўнг ушбу натижага эришди 0 12:14Май ойи учун FIDE рейтинги эълон қилинди 0 11:53Dushanbe Grand Slam 2026. Бугун 9 нафар дзюдочимизга мухлислик қиламиз 0

23 okt 07:42
Yangiliklar

Sport kurashlari

Jahon chempionati. Ixtiyor Navro'zov va Magomed Ibragimov gilamga chiqdi

Vengriya poytaxti Budapesht shahrida sport kurashlari bo'yicha jahon chempionati davom etmoqda.

Kecha musobaqaning navbatdagi kungi bellashuvlarida ikki hamyurtimiz medallar uchun gilamga chiqdi. Afsuski, ularning har ikkisi ham chorak finalda mag'lubiyatga uchrab, sovrinli o'rinlarsiz qolishdi. 

-70 kg vazn toifasida yurtimiz sport sharafini himoya qilgan Rio Olimpiadasi sovrindori Ixtiyor Navro'zov saralashning birinchi bosqichida yaponiyalik Keysuke Otaguroni 12:1 hisobida engdi. Nimchorak finalda hindistonlik Rana Pankajdan 10:0 hisobida ustun keldi. CHorak finalda esa gruziyalik Zurabi Yakobishviliga 1:5 hisobida yutqazib, jahon chempionatidagi ishtirokini yakunladi.

-97 kg vazn toifasida esa O'zbekiston nomidan Rio Olimpiadasi hamda Osiyo o'yinlari sovrindori, Osiyo chempioni Magomed Ibragimov ishtirok etdi. Magomed ilk davrada turkiyalik Fatix Yasarlini 6:3, 1/8 finalda belaruslik Aleksandr Gushtinni 11:7 hisobida engdi. Yarim final ostonasida esa rossiyalik Abdulrashid Sadullaevga 0:10 hisobida imkoniyatni boy berdi. 

Eslatib o'tamiz, jahon chempionatining birinchi kungi bahslarida -74 kg vazn toifasida gilamga chiqqan hamyurtimiz Osiyo o'yinlari g'olibi Bekzod Abdurahmonov terma jamoamizga bronza medalini taqdim etgandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing