05 okt 12:26
Yangiliklar
Jahon chempionati. Jordan Barrous taxtga qaytdi
Kutilganidek, erkin kurash bahslarida asosiy bahs uchta jamoa o'rtasida kechyapti.
Qiziqarli o'tgan bahslardan biri -79 kg doirasidagi final dasturi bo'ldi deyish mumkin. Unda taniqli kurashchi, Olimpiada va 4 karra jahon chempioni amerikalik Jordan Barrous yangi vazn toifasida debyut qilayotganiga qaramay oltin medalni qo'lga kiritdi. Hozirgacha o'tgan bahslar yakuni bo'yicha Eron, AQSH va Rossiya sport kurashlari jamoasi barcha oltin medallarni bo'lishib turibdi.
Ortda qolgan kun g'olib va sovrindorlari:
-57 kg:
1. Tomas Gilman (AQSH)
2. Alirizo Sarlak (Eron)
3. Xyorst Ler (Germaniya)
3. Aryan Ciutrin (Belarus)
-65 kg:
1. Zagir SHaxiev (Rossiya sport kurashlari jamoasi)
2. Amir Yazdani (Eron)
3. Alibek Osmonov (Qirg'iziston)
3. Tomor-Ochirin Tulga (Mo'g'uliston)
-79 kg:
1. Jordan Barrous (AQSH)
2. Muhammad Noxodi (Eron)
3. Radik Valiev (Rossiya sport kurashlari jamoasi)
3. Nika Kantchadze (Gruziya)
-92 kg:
1. Kamron G'osimpur (Eron)
2. Magomed Kurbanov (Rossiya sport kurashlari jamoasi)
3. Osman Nurmagomedov (Ozarbayjon)
3. Jeyden Koks (AQSH)
Fikrlar