28 avg 15:32
Yangiliklar
Dzyudo
Jahon chempionati. Mo'g'uliston mag'lub etildi. Navbat - Ukrainaga!
Bosniya va Gercegoviniyaning Saraevo shahrida dzyudo bo'yicha kadetlar o'rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.
Ayni daqiqalarda musobaqaning so'nggi kuni jamoaviy bahslar o'tkazilmoqda. O'n to'rt davlat orasida Tohir Fayziev murabbiyligidagi O'zbekiston terma jamoasi ham medallar uchun kurashyapti.
Hozirgina O'zbekiston terma jamoasi guruh bosqichining ilk davrasida mo'g'ulistonlik dzyudochilarga qarshi kechgan murosasiz bahsni yakunladi va 4-2 hisobida g'alaba qozondi. Endi dzyudochilarimizni ishtirokini to'g'ridan-to'g'ri ikkinchi davradan boshlaydigan Ukraina terma jamoasi kutib turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar