So’nggi yangiliklar

18:53"Бу уларга таъсир қиларди". Хабиб жанг пайтида рақиблари билан тез-тез гаплашиб турганини тушунтирди 0 18:10"Ҳазиллашмаяпман". Стрикленд Трамп ва Гитлер ўртасида ўхшашликни кўрсатди 0 17:35"Реал" ёзда Александр-Арнольдни сотиш ниятида эмас 0 16:59Хабиб нима учун Макгрегорни ҳеч қачон ҳақорат қилмаганини тушунтирди 0 16:14Икки вазнда собиқ UFC чемпиони промоушендаги ҳакамликни танқид қилди 0 15:33Усик фаолиятидаги сўнгги жанг ҳақида: "Бизда иккита вариант бор" 0 14:57"Манчестер Юнайтед" дарвозабони бошқа клубга ўтди 0 14:16"У билан ҳаммаси тамом бўлган". Оверим Макгрегор ҳақида 0 13:40Алматидаги катта масштабдаги халқаро ўқув-машғулот йиғини давом этмоқда + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 12:58Жавоҳир Синдаров: "Мен Гукешнинг энг кучли версиясига тайёрланяпман" 0 12:33УЕФА жазмани билан боғлиқ жанжал сабаб Инфантинонинг фаолиятини текширмоқчи 0 12:31Али Абдель-Азиз АҚШ Президенти яхши кўрадиган икки жангчини айтди. Улар орасида россиялик ҳам бор! 0 11:59Оғир атлетика бўйича Осиё чемпионатининг иккинчи кунги баҳсларидан ФОТОРЕПОРТАЖ 0 11:26"Барселона" Араухонинг ўрнига ўринбосар топди 0 10:55Уайт Макгрегорнинг Дублиндаги ресторанига ташриф буюрди 0

02 avg 10:35
Yangiliklar

Taekvondo

Jahon chempionati oldidan: O'zbek taekvondochilari bungacha kadetlar o'rtasidagi JCHlarda qanday ishtirok etishgan?

7-10 avgust kunlari Toshkent shahrida taekvondochi kadetlar o'rtasida hisob bo'yicha IV Jahon chempionati bo'lib o'tishidan xabaringiz bor.

Kadetlar o'rtasidagi dastlabki Jahon chempionati 2013 yilda Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida o'tkazilgan. Tarixiy musobaqada O'zbekiston terma jamoasi bitta medalni qo'lga kiritgan. +65 kilogramm vazn toifasida taekvondochimiz Islomjon Adhamov bronza medaliga ega chiqib O'zbekiston tarixidan o'rin olgan. 

Ikkinchi Jahon chempionatiga esa 2015 yilda Janubiy Koreyaning Muju shahri mezbonlik qilgan. Bu safar sportchilarimiz yurtimizga ikkita bronza medali bilan qaytishgan. -33 kg vazn toifasida Jasurbek Zokirov va +65 kg vazn toifasida yana o'sha Islomjon Adhamov O'zbekiston terma jamoasiga medallar keltirishgandi. SHu tariqa, Adhamov ketma-ket ikkita Jahon chempionatida medal olgan birinchi o'zbekistonlik taekvondochi bo'lgan .

Ikki yil muqaddam Misrning SHarm El SHeyx shahrida hisob bo'yicha III Jahon chempionati o'tkazilgan. Bu safar taekvondochi kadetlarimiz oldingi natijani ikki baravar yaxshilashgan va 4ta bronza medalni qo'lga kiritishgan. Etiborlisi o'sha Jahon chempionatida O'zbekiston ilk bor qizlar o'rtasidagi musobaqada ham sovrindor bo'lgan. 

2017 yilgi Jahon chempionatida Munisa Karimova (-29 kg), Umidaxon Hasanova (-47 kg), Daniil Kim (-33 kg) va Amirbek To'raev (-37 kg) medallarga ega chiqishgan.   

Toshkentda o'tkaziladigan jahon chempionatida sportchilar 20ta vazn toifasida (o'g'il bolalar 10 ta, qizlar 10 ta) kurash olib borishadi. O'zbekiston terma jamoasi ushbu Jahon chempionatida to'liq tarkibda ishtirok etadi. Barcha sportchilarimizga omad tilaymiz!

O'zbekiston taekvondo WTF associaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing