08 okt 08:41
Yangiliklar
Jahon chempionati. Ozoda Xojievadan bir yo'la ikki medal!
Dast ko'tarish bir kilogramm sabab to'rtinchi o'rin bilan kifoyalanishga majbur bo'lgan Ozoda, siltab ko'tarishda vaziyatni o'nglay oldi.
Sportchimiz dastlabki urinishida 92 kg, ikkinchi urinishda — 95 kg shtangani o'ziga bo'ysundirdi. So'nggi urinishda esa biroz shoshildi chog'i, 98 kg shtangani ko'tara olmadi. SHunday bo'lsada, siltab ko'tarishda hamyurtimiz uchinchi o'rinni band etdi.
Ikkikurash natijasiga ko'ra, 172 kg natija qayd qayd etgan Ozoda ikkinchi o'rinni egalladi va terma jamoamiz hisobiga jahon chempionatining birinchi kumush medalini qo'shib qo'ydi.
Og'ir atletika bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati, -55 kg, qizlar
1. Estep Katerin Emili (AQSH) 198 kg
2. Xojieva Ozoda (O'zbekiston) 172 kg
3. Leon Perez (Meksika) 171 kg
O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar