12 okt 06:57
Yangiliklar
Dzyudo
Jahon chempionati qahramonlari tantanali kutib olindi FOTOREPORTAJ
6-10 oktyabr kunlari Italiyaning Sardiniya oroli Olbiya shahrida dzyudo bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati bo'lib o'tdi.
Xabar berganimizdek, ushbu nufuzli musobaqada Ulug'bek Azizov murabbiyligidagi 21 yoshgacha bo'lgan O'zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etib, yakunda 1 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan 80 ga yaqin davlat orasida 11-o'rinni egallagandi. Hamyurtlarimizdan Suhrob Rajabov (-100 kg) kumush, O'tkirbek To'raboev (-100 kg) bronza medaliga sazovor bo'lgan edi.
Kecha tunda O'zbekiston terma jamoasi delegaciyasi Istanbul orqali yurtimizga qaytib keldi. Dzyudochilarimizni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida keng sport jamoatchiligi, ularning ota-onalari, yaqinlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari tantanali ravishda kutib olishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar