06 noy 08:03
Yangiliklar
Jahon chempionati. Rahmonov va Qo'ldoshev bronza uchun kurashadi
65 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Abbos Rahmonov nimchorak final bellashuvida Ibragim Abdurahmanovga qarshi bahs olib borgan va murosasiz kechgan bahsda 7-7 hisobi qayd etilib, rossiyalik kurashchi chorak finalga yo'l olgandi. Abdurahmonov finalga yo'l olgani bois Abbosda bronza medali uchun imkoniyat saqlanib qoldi. Buning uchun u avvaliga o'tish bellashuvida italiyalik Kolin Rilbutoni, keyin esa ozarbayjonlik Ziraddin Bayramovni mag'lub etishi shart.
SHuningdek, 70 kg vazndagi kurashchimiz Begijon Qo'ldoshevda ham bronza uchun imkoniyat saqlanib qoldi. Qo'ldoshevni 1/8 finalda mag'lub etgan armanistonlik Vazgen Tevanyan finalga yo'l oldi. Bugun Begijon o'tish bahsida germaniyalik SHamil Ustaevga qarshi gilamga chiqadi. G'alaba qozongan taqdirda uni turkiyalik CHuneyt Budak qarshi oladi.
Fikrlar