26 sen 09:49
Yangiliklar
Jahon chempionati. Sobirjon Karimov terma jamoamizga ilk medalni taqdim etdi
Musobaqada dunyoning 61 davlatidan 18 yoshgacha bo'lgar jami 463 nafar dzyudochi jahon chempionati medallari uchun tatamiga chiqadi. Ular orasida O'zbekiston kadetlar terma jamoasi ham bor. Bahslar jami 16 ta vazn (8 ta o'g'il bolalar, 8 ta qizlar) toifasida o'tkaziladi.
Jahon chempionatining birinchi kungi bahslarida hamyurtlarimizdan Sobirjon Karimov muvaffaqiyatli tarzda ishtirok etib, terma jamoamizga ilk medalni taqdim etdi. -55 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Sobirjon bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Dzyudochimiz portugaliyalik Migel Gago, qozog'istonlik Kayirbek Junisbekni mag'lubiyatga uchratdi. CHorak finalda esa yaponiyalik Yuma Satoga imkoniyatni boy berib qo'ydi. O'tish bahsida mo'g'ulistonlik Battsengel Xorolsuren, bronza medali uchun kechgan bellashuvda esa ukrainalik Vladislav Kolobovni taslim etdi.
-55 kg vazn toifasi
1. CHong-YU Lin (Xitoy Taypeyi)
2. Yuma Sato (Yaponiya)
3. Sobirjon Karimov (O'zbekiston)
3. Vinchenco Skenderi (Italiya)
Fikrlar