So’nggi yangiliklar

18:53"Бу уларга таъсир қиларди". Хабиб жанг пайтида рақиблари билан тез-тез гаплашиб турганини тушунтирди 0 18:10"Ҳазиллашмаяпман". Стрикленд Трамп ва Гитлер ўртасида ўхшашликни кўрсатди 0 17:35"Реал" ёзда Александр-Арнольдни сотиш ниятида эмас 0 16:59Хабиб нима учун Макгрегорни ҳеч қачон ҳақорат қилмаганини тушунтирди 0 16:14Икки вазнда собиқ UFC чемпиони промоушендаги ҳакамликни танқид қилди 0 15:33Усик фаолиятидаги сўнгги жанг ҳақида: "Бизда иккита вариант бор" 0 14:57"Манчестер Юнайтед" дарвозабони бошқа клубга ўтди 0 14:16"У билан ҳаммаси тамом бўлган". Оверим Макгрегор ҳақида 0 13:40Алматидаги катта масштабдаги халқаро ўқув-машғулот йиғини давом этмоқда + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 12:58Жавоҳир Синдаров: "Мен Гукешнинг энг кучли версиясига тайёрланяпман" 0 12:33УЕФА жазмани билан боғлиқ жанжал сабаб Инфантинонинг фаолиятини текширмоқчи 0 12:31Али Абдель-Азиз АҚШ Президенти яхши кўрадиган икки жангчини айтди. Улар орасида россиялик ҳам бор! 0 11:59Оғир атлетика бўйича Осиё чемпионатининг иккинчи кунги баҳсларидан ФОТОРЕПОРТАЖ 0 11:26"Барселона" Араухонинг ўрнига ўринбосар топди 0 10:55Уайт Макгрегорнинг Дублиндаги ресторанига ташриф буюрди 0

09 avg 08:40
Yangiliklar

Taekvondo

Jahon chempionati. Uchinchi kunda qaysi taekvondochilarimiz jang qilishadi?

7 avgust kuni Toshkentda taekvondochi kadetlar o'rtasidagi Jahon chempionati start olganidan xabaringiz bor.

Ushbu musobaqada O'zbekiston terma jamoasi to'liq tarkib bilan (20 nafar sportchi) ishtirok etmoqda. Ikkinchi kungi musobaqalarda o'zbekistonlik 5 nafar taekvondochi dayanga chiqdi. Muhammadamin Aliev yarim finalga qadar etib bordi va bronza medalini qo'lga kiritdi.  

Jahon chempionatining uchinchi kunida O'zbekiston sharafini quyidagi 5 nafar taekvondochi himoya qiladi. 

-41 kg vazn toifasida O'zbekiston sharafini Zafarbek Karimov himoya qiladi. Quraga ko'ra sportchimizning 1/16 finaldagi raqibi ozarbayjonlik Punxan Mursalov bo'ladi. Ushbu jang g'olibi nimchorak finalda Nitxan Brindamoxan (Kanada) - Milosh Mandich (Serbiya) juftligi g'olibiga qarshi jang qiladi.  

-45 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini Nazarali Nazarov himoya qiladi. Hamyurtimiz Jahon chempionatini 1/8 finaldan boshlaydi. Uning raqibi 1/16 finaldagi Linus Vesterlund (SHveciya) - Xao CHen (Xitoy Taypei) jangidan so'ng malum bo'ladi.  

-44 kg vaznda taekvondochimiz Marjona Xudoyqulova musobaqani 1/16 finalda ukrainalik Oleksandra Labuzovaga qarshi jang bilan boshlaydigan bo'ldi. Bu jang g'olibasi nimchorak finalda filippinlik Krisriata Katalina Tiu bilan to'qnash keladi. 

-55 kg vazn toifasida o'zbekistonlik Madina Nurullaeva 1/8 finalda AQSH vakilasi Maya Mataga qarshi dayanga chiqadi. 

-59 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qiladigan Omina Botirova 1/16 finalda avstraliyalik Selma Xalilovich bilan to'qnash keladi. Bu jangda g'olib chiqqan sportchi nimchorak finalda latviyalik Anastasiya Mochalina bilan jang qiladi. 


O'zbekiston taekvondo WTF Associaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing