So’nggi yangiliklar

22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0

17 okt 20:13
Yangiliklar

Dzyudo

Jahon chempionati yakkalik bahslaridagi ishtirokimizni 13 ta medal bilan yakunladik + FOTO

Poytaxtimizdagi "Yunusobod" sport majmuasida dzyudo bo'yicha Harbiylar o'rtasidagi Jahon chempionati davom etmoqda.

Biroz avval o'z tarixida 42-marotaba tashkil etilayotgan dunyo birinchiligining yakkalik bahslari yakuniga etdi. Ikkinchi kungi bellashuvlarda 3 ta oltin, 2 ta kumush medalini qo'lga kiritdik. -81 kg vazn toifasi finalida Hikmatulloh To'raev Muso Sobirovni mag'lubiyatga uchratib, chempionlik shohsupasiga ko'tarildi. To'raev kumush medalga sazovor bo'ldi. 

Rustam SHorahmatov (-100 kg) va SHohruh Baxtiyorov (+100 kg) ham o'z vaznlarida Harbiylar o'rtasida jahon chempioni bo'lishdi. Irisxon Qurbonboeva (+78 kg) esa o'zi uchun yangi vazn toifasida kumush medalga ega chiqdi. Bronza medali uchun tatamiga chiqqan SHirinjon Yo'ldosheva (-70 kg), Mushtariybegim Afzalova (-78 kg) va Bekmurod Oltiboev (+100 kg) raqiblariga imkoniyatni boy berib qo'yishdi. 

SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi 42-Harbiylar o'rtasidagi jahon chempionatini 5 ta oltin, 5 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan yakunladi.


G'olib va sovrindor dzyudochilarimiz:  

Oltin medal 

-52 kg: Gulhayo Jo'raeva

-73 kg: SHahram Ahadov

-81 kg: Hikmatilloh To'raev  

-100 kg: Rustam SHorahmatov 

+100 kg: SHohruh Baxtiyorov 


Kumush medal 

-48 kg: Halimajon Qurbonova

-63 kg: Nigina Saparbaeva

-66 kg: Abdurahim Nutfullaev

-81 kg: Muso Sobirov 

+78 kg: Irisxon Qurbonboeva


Bronza medal 

-48 kg: Laziza Haydarova

-57 kg: Nilufar Ermaganbetova

-60 kg: Bahrom Boturov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing