13 iyu 10:30
Yangiliklar
Jahon chempionati. Yaponiya yaqqol peshqadam, O'zbekiston 118 davlat orasida 13-o'rinda!
Umumiy mukofot jamg'armasi 1 million dollarni tashkil etgan musobaqaning etti kunlik bahslari yakuniga ko'ra Yaponiya terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi. Dzyudo vatani vakillari 5 ta oltin, 4 ta kumush, 2 ta bronza medali jamg'arishdi. Bitta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medaliga ega chiqqan Gruziya ikkinchi o'rinni egallagan bo'lsa, kuchli uchlikka xuddi shunday ko'rsatkich bilan Ispaniya terma jamoasi yakun yasadi.
Umuman olganda, jahon chempionatida jami 27 davlat terma jamoalariga kamida 1 ta bronza medalini qo'lga kiritish nasib etdi. SHulardan 10 tasi kamida 1 ta oltin medalga ega chiqdi. O'zbekiston terma jamoasi esa Davlat Bobonov (-90 kg) tomonidan qo'lga kiritilgan kumush medal evaziga 118 ishtirokchi davlat orasida 13-pog'onadan joy oldi.
Fikrlar