15 avg 07:23
Yangiliklar
Jahon chempionatida kuchli beshlikdan joy oldik!
Kechagi dasturdan jamoaviy bellashuvlar o'rin olgan bo'lib, unda O'zbekiston terma jamoasi ham medallar uchun tatamiga chiqdi. Afsuski, dzyudochilarimiz avvaliga Braziliya, keyin esa Gruziya terma jamoasiga kichik hisobda imkoniyatni boy berib qo'yishdi.
Yakkalikdagi bahslarda esa O'zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan 5 qitaning 63 davlati orasida 5-o'rinni egalladi. Bizdan yuqorida turgan Franciya, Turkiya va Italiya ham biz kabi 1 ta oltin medalga sazovor bo'lgan. Faqat kumush medallar ularda bittaga ko'proq.
Kutilganidek, Yaponiya terma jamoasi katta farq bilan medallar jamg'arish bo'yicha birinchi o'rinni band etdi. Dzyudo vatani vakillari 6 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza medalini Kunchiqar yurtga olib ketadigan bo'lishdi. Bitta oltin, 2 ta kumush, 3 ta bronza medalini o'z hisobiga qo'shib qo'ygan Franciya ikkinchi bo'ldi. Turkiya esa 1 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan kuchli uchlikka yakun yasadi.
Fikrlar