10 okt 15:36
Yangiliklar
Dzyudo
Jahon chempionatidagi ishtirokimizni 2 ta medal bilan yakunladik
Italiyaning Olbiya shahrida davom etayotgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati O'zbekiston terma jamoasi uchun yakunlandi.
Xabar berganimizdek, bugun jamoaviy bahslarning ilk davrasida terma jamoamiz germaniyalik dzyudochilarga qarshi bahs olib borishlari kerak edi. Afsuski, ushbu bellashuvda olmonlarning qo'li baland keldi. Dastlabki to'rtta bellashuvda g'alaba qozongan germaniyaliklar keyingi bosqichga yo'l olishdi.
SHu tariqa, Ulug'bek Azizov murabbiyligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi jahon chempionatidagi ishtirokini 1 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan yakunladi. Yoshlarimiz o'z ishtiroklari bilan kattalar terma jamoasiga munosib raqobat qila olishlarini isbotlashdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar