30 avg 10:54
Yangiliklar
Dzyudo
Jahon chempionatiga tayyorgarlik Ozarbayjonda davom ettirilmoqda + FOTO
Ilias Iliadis bosh murabbiyligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazyapti.
Ozarbayjon terma jamoasi bilan birgalikda tashkil etilgan ushbu qo'shma yig'in 3 sentyabrga qadar davom etadi hamda 6-13 oktyabr kunlari Toshkent shahri mezbonligida o'tkaziladigan jahon chempionatiga tayyorgarlik bosqich vazifasini o'tab beradi.
Ozarbayjondagi o'quv-mashg'ulot yig'ini yakunlanganidan so'ng mashg'ulotlar Gruziya davlatiga ko'chadi. Jahon chempionati oldidan so'nggi yig'in esa Samarqand shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar