09 may 13:14
Yangiliklar
Dzyudo
Jahon chempionatiga tayyorgarlik “Ugam”dan boshlandi
SHu kunlarda dzyudo bo'yicha O'zbekiston kattalar terma jamoasining birinchi va ikkinchi raqamli sportchilari poytaxt viloyatining tog'li hududida joylashgan “Ugam” oromgohida o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazishyapti.
Ushbu yig'in shu yili Yaponiya poytaxti Tokio shahrida bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga tayyorgarlikning birinchi bosqich vazifasini o'tab beradi.
Dzyudo vatani mezbonlik qiladigan dunyo birinchiligi Tokio-2020 Olimpiadasiga eng ko'p reyting ochkosini berishi bilan ahamiyatlidir. Mashg'ulotlarda asosiy etibor jismoniy tayyorgarlik va chidamlilikka qaratilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar