So’nggi yangiliklar

22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0

13 iyu 17:22
Yangiliklar

Dzyudo

Jahon chempionatining birinchi kuni dzyudochilarimiz uchun qanday keldi? (FOTOREPORTAJ)

Bugun Vengriya poytaxti Budapesht shahrida dzyudo bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionati start oldi.

Yilning eng nufuzli musobaqasining birinchi kuni ayollar -48, erkaklar esa -60 kg vazn toifasida medallar hamda muhim reyting ochkolari uchun bahs olib borishyapti. Reglamentga ko'ra, har kuni ayollar hamda erkaklar o'rtasida bittadan vazn toifasida g'olib va sovrindorlar aniqlanadi. 

Afsuski, ilk kungi bellashuvlar dzyudochilarimiz uchun omadsiz yakunlandi. Bahrom Boturov, Halimajon Qurbonova va Laziza Haydarova ilk uchrashuvlaridayoq raqiblariga imkoniyatni boy berib qo'yishdi. 

Jahon reytingida 30-o'rinni egallab turgan Halimajon Qurbonova (-48 kg) o'z ishtirokini to'g'ridan-to'g'ri ikkinchi davrada boshladi va belgiyalik Lois Petitga shido ogohlantirishlari evaziga yutqazdi. 

Yaqindagina yoshlardan kattalarga o'tgan Laziza Haydarova (-48 kg) o'zi uchun biinchi katta sinovdayoq jiddiy raqibga ro'baro' keldi.

Navoiylik 18 yoshli dzyudochimiz jahon chempionatining birinchi davrasida Parij-2024 Olimpiadasi bronza medali sovrindori, Olimpiya o'yinlarining jamoaviy bahslarida chempioni, jahon chempionati kumush medali sohibi, to'rt karra Evropa chempioni franciyalik SHirin Bukliga munosib qarshilik ko'rsatdi. 

Bunday nufuzdagi musobaqada ilk bor ishtirok etgan Laziza faqatgina qo'shimcha daqiqalardagi shido sabab nomdor raqibasiga imkoniyatni boy berdi. Haydarova shu yil Grand Prix Upper Austria turnirida bronza medalini qo'lga kiritgan edi. U shuningdek, kadetlar o'rtasidagi jahon chempionatining bronza medali sovrindori ham hisoblanadi.

Endigina yoshlardan kattalarga o'tgan Laziza Haydarova (-48 kg) ilk bellashuvidayoq Parij-2024 Olimpiadasi bronza medali sovrindori, Olimpiya o'yinlarining jamoaviy bahslarida chempioni, jahon chempionati kumush medali sohibi, to'rt karra Evropa chempioni franciyalik SHirin Bukliga munosib qarshilik ko'rsatdi. Faqatgina qo'shimcha daqiqalardagi shido sabab nomdor raqibasiga imkoniyatni boy berdi.  

-60 kg vaznda tatamiga chiqqan Bahrom Boturov esa ikkinchi davradan kurashga qo'shildi. Mo'g'ulistonlik Ariunbold Enhtayvanga qarshi kechgan bahsda afsuski, ippon bahosi bilan mag'lubiyatga uchradi. 

SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi uchun jahon chempionatining birinchi kuni omadsiz yakunlandi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing