20 may 10:49
Yangiliklar
Dzyudo
Jahon chempionatining birinchi kunidan so'ng 107 davlat orasida nechanchi o'rindamiz?
BAA poytaxti Abu-Dabi shahri mezbonlik qilayotgan dzyudo bo'yicha kattalar o'rtasidagi 37-jahon chempionatining birinchi kuni ortda qoldi.
Kechagi kun doirasida 3 ta vazn toifasida g'olib va sovrindorlar aniqlandi. Italiya, Mo'g'uliston va Gruziya terma jamoalari dzyudochilari jahon chempionatining oltin medalini qo'lga kiritishdi. Mana shu uch davlat terma jamoalari birinchi kungi bellashuvlardan so'ng medallar jamg'arish bo'yicha kuchli uchlikdan joy olishgan.
Bittadan kumush medalga ega Xitoy Taypeyi va O'zbekiston terma jamoalari 4-o'rinni band etishgan. Diyora Keldiyorova -52 kg vazn toifasida terma jamoamiza kumush medalni taqdim etgandi.
Yaponiya, Qozog'iston, Franciya, Germaniya, Koreya Respublikasi va SHveciya terma jamoalari hisobida 1 tadan bronza medali bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar