04 noy 08:36
Yangiliklar
Sport kurashlari
Jahon chempionatining bronza medali uchun kechgan bellashuvda alamli mag'lubiyat
Belgrad shahrida sport kurashlari bo'yicha yoshlar (U 23) o'rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.
Kecha yunon-rum kurashi musobaqasiga yakun yasaldi. 60 kg vazn toifasidagi bahslarda yurtimiz sharafini himoya qilgan yunon-rum kurashchimiz Muhammadqodir Yusupov bronza medali uchun kechgan bahsda gruziyalik Pridon Abuladzega alamli tarzda imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Yusupov bellashuv yakunlanishiga bir necha soniya qolgan bir paytda 3-1 hisobida oldinda borayotgan edi. Lekin gruziyalik polvon xarakter namoyish etib, ikki ball qo'lga kiritdi. Hisob tenglashdi va aynan oxirgi olingan ball Abuladzega jahon chempionatining bronza medalini taqdim etdi. Muhammadqodir bronza yo'lidagi o'tish uchrashuvida AQSH vakili Steven Gregersonni 6-1 hisobida dog'da qoldirgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar