29 avg 10:31
Yangiliklar
Jahon chempionatining ikkinchi kuni ikki taekvondochimizga muxlislik qilamiz!
Quvonarlisi, musobaqaning ilk kunida O'zbekiston terma jamoasi oltin medalga ega chiqqandi. -152 sm'da bahslarga kirishgan Islom Akchurin nimchorak finalda gruziyalik, chorak finalda polshalik raqibidan ustun keldi. Yarim final bosqichida esa Islom Xitoy Taypeyi vakilini ortiqcha qiyinchiliksiz musobaqadan chiqarib yubordi.
Italiyalik raqibiga qarshi kechgan final bellashuvida esa Islom Akchurin 2:1 hisobida g'alaba qozonib, kadetlar o'rtasida jahon chempioniga aylangan edi. Bugungi bellashuvlar Toshkent vaqti bilan soat 12:00 da boshlanadi.
Bugun ikki nafar taekvondochimiz dayanga chiqadi:
O'g'il bolalar:
1/8 final. Azizbek Sattorov — Amir Vessam (Misr)
Qizlar:
1/16 final. Omina Ergasheva — Aleksandra Dimova (Bolgariya).
Fikrlar