21 may 10:31
Yangiliklar
Jahon chempionatining ikkinchi kunidan so'ng nechanchi o'rindamiz?
Kechagi kun doirasida 3 ta vazn toifasida g'olib va sovrindorlar aniqlandi. Hozircha hech bir davlat delegaciyalari 2 ta oltin medalga ega chiqmagan. Yaponiya, Italiya, Mo'g'uliston, Koreya Respublikasi, Ozarbayjon va Gruziya terma jamoalari dzyudochilari jahon chempionatining oltin medalini rasmiylashtirib ulgurishdi. Mana shu olti mamlakat terma jamoalari ikkinchi kungi bellashuvlardan so'ng medallar jamg'arish bo'yicha etakchilik qilishyapti.
Bittadan kumush va bronza medaliga ega Kanada terma jamoasi 7-o'rinni band etgan bo'lsa, O'zbekiston delegaciyasi 1 ta kumush medal evaziga 8-pog'onadan joy olgan. Top-10`talikni Xitoy Taypeyi va Qozog'iston terma jamoalari yakunlab bergan. Diyora Keldiyorova jahon chempionatining ilk kuni -52 kg vazn toifasida terma jamoamiza kumush medalni taqdim etgandi.
Fikrlar