22 may 11:46
Yangiliklar
Jahon chempionatining uchinchi kunidan so'ng nechanchi o'rindamiz?
Uchinchi kun doirasida 2 ta vazn (erkaklarda -81, ayollarda -63 kg) toifasida g'olib va sovrindorlar aniqlandi. Gruziya terma jamoasi birinchilardan bo'lib jahon chempionatining 2 ta oltin medalini qo'lga kiritdi va umumjamoa hisobida yakka peshqadamga aylanib oldi.
Kecha ettinchi davlat - Niderlandiya jahon chempionatining oltin medaliga ega chiqdi. SHu kungacha Yaponiya, Italiya, Mo'g'uliston, Koreya Respublikasi va Ozarbayjon terma jamoalari dzyudochilari ham jahon chempionatining oltin medalini rasmiylashtirib ulgurishgandi.
Bittadan kumush va bronza medaliga ega Kanada terma jamoasi 8-o'rinni band etgan bo'lsa, O'zbekiston delegaciyasi 1 ta kumush medal evaziga 9-pog'onadan joy olgan. Top-10`talikni Xitoy Taypeyi terma jamoasi yakunlab bergan. Yon qo'shnilarimiz Qozog'iston va Tojikiston delegaciyalari hisobida 1 tadan bronza medali bor.
Uch kunlik bellashuvlar yakuniga ko'ra jami 19 davlat jahon chempionatining kamida 1 ta bronza medalini qo'lga kiritgan.
Fikrlar