28 avg 11:27
Yangiliklar
Dzyudo
Jahon chempionatlaridagi tarix yangilandi, umumjamoa hisobida kuchli to'rtlikdamiz!
Bosniya va Gercegoviniyaning Saraevo shahri mezbonligida o'tayotgan dzyudo bo'yicha kadetlar o'rtasidagi jahon chempionatining yakkalik bahslari yakuniga etdi.
Quvonarlisi, O'zbekiston terma jamoasi jahon birinchiligida 1 ta oltin, 4 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida dunyoning 60 davlati orasida 4-o'rinni egalladi. Agar kecha Abbos SHermahmatov finalda vengriyalik raqibi Peter Kenderesini mag'lub etganida, jahon chempionatini 2-o'rinda yakunlagan bo'lardik.
Kechagi kun qahramonlari orasida -70 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Barchinoy Qodirova italiyalik Serena Ondeini taslim etib, jahon chempionatining oltin medalini qo'lga kiritdi. Bu bilan u Diyora Keldiyorovadan so'ng kadetlar o'rtasida jahon chempioni bo'lgan ikkinchi o'zbekistonlik dzyudochimizga aylandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar