So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

28 sen 18:39
Yangiliklar

Sport kurashlari

Jahon chempioni Aytjan Xalmaxanov: "Los-Anjelesdan ham oltin medal bilan qaytamiz"

O'zbekiston MOQ axborot xizmati 24 yillik tanaffusdan keyin yunon-rum kurashi bo'yicha JCHda o'zbekistonliklar orasida birinchi bo'lib g'olib bo'lgan 19 yoshli Aytjan Xalmaxanov bilan intervyu uyushtirdi.

– 24 yil kutilgan chempionlik Sizga nasib qildi. Musobaqadan keyingi hissiyotlar qanday?

– Mana shunday ahamiyatli oltin medalni qo'lga kiritganimdan juda xursandman. Buni tasvirlash qiyin. Biz bu musobaqaga 1-yil qattiq tayyorlandik. Mehnatimiz samarasini ko'rish nasib qildi. Afsuski, jamoamizdagi qolgan akalarimga ozgina omad etishmadi. Bu bilan to'xtab qolmaymiz. Keyingi safar ular ham chempion bo'lib qaytishlariga ishonaman.

– Rustam Assakalov terma jamoada nimalarni o'zgartirdi? Uning ishlash uslubi qanday?

– Murabbiyimiz mehnatkash, juda ham aqlli inson. Barchamizni o'z farzandidek ko'radi. Doim qo'llab-quvvatlab, motivaciya berib keladi. Rustam aka 2024-yil oktyabr oyida murabbiylikka kelgan bo'lsa, ortda qolgan 1-yil katta natijalar ko'rsata oldik. Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida ikkinchi, jahon chempionatida esa uchinchi bo'ldik. Bunday natija hamma murabbiyning ham qo'lidan kelmasdi.

– Afsuski, siz kurashadigan -63 kg Olimpiya vazn toifasi emas. Los-Anjeles-2028 Olimpiadasiga qaysi vaznda tayyorlanasiz?

– Ha, -63 kg Olimpiya vazni emas. Bo'lajak Olimpiadaga -67 kg vazn toifasida tayyorgarlik ko'raman. Tabiiy vaznim kattaroq bo'lgani uchun -60 kgga vazn qaytara olmayman. Nasib bo'lsa, murabbiylarim bilan Los-Anjelesdan ham oltin medal bilan qaytamiz.

– Bazi kurashchilarning omadi kelib, yoshligidagi kumiri bilan musobaqada to'qnash kelib qoladi. Siz kumiringiz bilan hech to'qnash kelganmisiz?

– Men havas qiladigan 2 kurashchi Qirg'izistondan: Joloman SHarshenbekov va Akjol Mahmudov. Asosiy usulimni SHarshenbekovga havas qilib ishlaganman. U bilan tez orada to'qnash kelib qolsak kerak. Bu kunni sabrsizlik bilan kutyapman. Mahmudovning kurashidan esa motivaciya olaman. Zagrebda finaldan oldin Akjol chempion bo'lishimga ishonishini aytdi. Bu qo'llov menga kuch berdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing