09 avg 09:44
Yangiliklar
Boks/MMA
"Jahon chempioni bo'lishimga sakkiz kun qoldi" - Gerri Maxachev bilan jangigacha bo'lgan kunlarni sanamoqda + FOTO
UFC yarim o'rta vazn toifasida chempionlik kamari uchun davogar Yen Gerri Machado chempion Islam Maxachev bilan bo'ladigan jangigacha qolgan kunlarni sanash uchun mo'ljallangan taqvimni har kuni varaqlash odatini ko'rsatdi.
— Ertalab ko'zingni ochganingda, qancha vaqtdan keyin bo'lajak jang haqida o'ylay boshlaysan?
— Bu savolga bir narsani ko'rsatib javob bersam maylimi? Uyg'onganimdan keyin qanchalik tez jang haqida o'ylashimni bilmoqchi bo'lsang... Hojatxonadan chiqishim bilan shunchaki buni varaqlayman. Jahon chempioni bo'lishimga to'qqiz kun qoldi (xabar yozilgan vaqtda jang boshlanishiga sakkiz kun qolgan edi. — "CHempionat" izohi), — dedi Gerri ijtimoiy tarmoqlarda elon qilingan videoda.


Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar