So’nggi yangiliklar

21:57Двалишвили Нурмагомедовга "ответ" қилди: "Сизлар майда одамсизлар" 0 21:29"Милан" 4 футболчисини трансферга қўяди 0 20:55"Туран жангчиси" UFC`дан четлатилди 0 20:22Ислам Махачевга Конорга қарши бокс жанги таклиф қилинди 0 19:58Кудерметова Cincinnati Open саралаши финалига йўл олди 0 19:33Маркиньос ПСЖ билан 40-совринини қўлга киритди 0 19:00Тошкент мезбонлик қиладиган World Boxing Жаҳон кубоги финал турнирининг саналари ўзгарди 0 18:08Астана Челленжери. Сергей Фомин ҳам ғалабали юришини давом эттирмоқда 0 17:30Қозоғистон президенти Шавкат Раҳмоновнинг отаси вафотига муносабат билдирди 0 16:46“Барселона” вингери операция қилинди 0 16:04ИНТЕРВЬЮ. UFC собиқ жангчиси Маҳмуд Мурадов билан суҳбат 0 15:28Цветков ва Ростовцев Будапештдаги турнирда 3 та медални қўлга киритишди 0 14:50Бунақаси биринчи марта: Дана Уайтнинг ёрдамчиси Dana White’s Contender Series турнирида жанг қилиб, UFC шартномасини қўлга киритиш имкониятига эга бўлади 0 14:09Ўзбекистон МТЖ Басрадаги мусобақада иштирок этиши мумкин 0 13:36"Царукян UFC чемпионлик жангига лойиқ" - собиқ чемпион 0

15 may 15:25
Yangiliklar

Gimnastika

Jahon kubogi bosqichi va “Happy Caravan” turniri yakunlandi

Teglar :  Nazarenkova
Poytaxtimizdagi Badiiy gimnastika bo'yicha bolalar-o'smirlar ixtisoslashtirilgan respublika olimpiya zaxirasi sport maktabida o'tkazilgan Jahon kubogi bosqichi va “Happy Caravan” xalqaro turniri yakunlandi.

Ananaviy tarzda o'tkaziladigan go'zallik va nafosat bayramida O'zbekiston, AQSH, Belarus, Janubiy Koreya, Ispaniya, Isroil, Malayziya, Polsha, Rossiya, Xitoy, Estoniya, Yaponiya, Qozog'iston, Armaniston kabi davlatlardan 100 dan ortiq gimnastikachi g'oliblik uchun bahslashdi.

Mazkur musobaqalarda gimnastikachilar yakkalik va guruh bahslarida ko'pkurash va alohida gimnastika predmetlari yordamida mashq bajarish bo'yicha o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazdi.

Jahon kubogi bosqichining alohida gimnastika predmetlari yordamida mashq bajarish bo'yicha shaxsiy bahslarda sportchimizlarimiz Anastasiya Serdyukova to'p va tasmada mashq bajarishda ikkita bronza medalini qo'lga kiritgan bo'lsa, Elizaveta Nazarenkova bulavada mashq bajarish bo'yicha uchinchi o'rinni egalladi.

Ananaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan “Happy Caravan” xalqaro turnirining shaxsiy hisobdagi musobaqasida hamyurtlarimizdan Nuriniso Usmonovaning arg'amchi, halqa va to'p bilan bajargan mashqlari uchta bronza medalga loyiq topildi. Yana bir gimnastikachimiz Milana Tyan bulavada mashq bajarishda bronza medal bilan taqdirlandi.

O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing