18 noy 11:54
Yangiliklar
Jahon kubogi. Kecha ringga chiqqan bokschilarimizning olti nafari yarim finalda, bir nafari esa musobaqani tark etdi
Musobaqaning ikkinchi, kechagi kuni doirasida O'zbekiston terma jamoasining jami 7 nafar vakili chorak final bosqichida ringga chiqib, yakunda ularning 6 nafari o'z jangida g'alaba qayd etdi. Sitora Turdibekova esa raqibiga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Kechagi natijalarimiz:
-57 kg: Sitora Turdibekova - Vu SHih Yi (Xitoy Taypeyi), (0:5 hisobida)
-55 kg: Samandar Olimov - SHin Jaeyong (Koreya Respublikasi), (5:0 hisobida)
-75 kg: Javohir Abdurahimov - Aman Konsbekov (Qozog'iston), (4:1 hisobida)
-90 kg: Nusratbek Tohirov - Bogdan Tolmachov (Ukraina), (4:1 hisobida)
-50 kg: Asilbek Jalilov - Yoon Taegeun (Koreya Respublikasi), (Raqib jangdan bosh tortdi)
-70 kg: Muhammadazizbek Ismoilov - Kim Joonsu (Koreya Respublikasi), (5:0 hisobida)
-85 kg: Jasurbek Yo'ldoshev - Jon Lachlan (Avstraliya), (5:0 hisobida).
Fikrlar