22 apr 14:01
Yangiliklar
Boks/MMA
Jahon kubogi. Qozog'iston tarkibidagi yo'qotishlar ortmoqda
SHu kunlarda Braziliyaning Foz de Iguasu shahri boks bo'yicha World Boxing tashkiloti kubogining 2026 yilgi birinchi bosqichini o'tkazmoqda.
Musobaqaning ikkinchi kuni yakuniga ko'ra, unda ishtirok etayotgan Qozog'iston terma jamoasidagi mag'lubiyatlar soni 3 taga etdi.
Jahon kubogining dastlabki kunida qo'shnilarimiz tarkibida Janseri Kosherbaev (60 kg) va Daulet Tulemisov (90 kg) o'z janglarida imkoniyatni boy bergani haqida xabar bergan edik.
Kecha 55 kg vazn toifasidagi charm qo'lqop ustasi Baglan Kenjebek ilk bosqich doirasida armanistonlik Jirayr Sargsyanga qarshi bahs olib borib, ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchradi.
SHu tariqa, Qozog'iston musobaqadagi uchinchi yo'qotishni qabul qilib oldi.
Havola :
Manba : sportilinet
Fikrlar