21 noy 18:34
Yangiliklar
Boks/MMA
Jahon kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etgan bokschilarimiz Toshkentga qaytdi (FOTO)
Xabaringiz bor, 14-20 noyabr kunlari Nyu-Deli shahri World Boxing tashkiloti kubogi bahslarining final qismiga mezbonlik qildi.
Ushbu musobaqada terma jamoamiz vakillari ishtirok etib, 4 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza medallariga ega chiqishdi.
Bugun sportchilarimiz yurtimizga qaytib keldi. Ularni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O'zbekiston boks milliy terma jamoasi Bosh murabbiyi To'lqin Qilichev, O'zbekiston boks federaciyasi Marketing bo'limi boshlig'i SHaxboz Tavakkalov boshchiligida rasmiylar, OAV vakillari va sportchilarning yaqinlari tantanali ravishda kutib oldilar.
Rasmiylar sportchilarimizni yuqori natijalar bilan tabriklar ekan, ushbu nufuzli musobaqada g'olib va sovrindor bo'lgan sportchilarimiz yana bir bor yurtimizning dovrug'ini ko'klarga ko'targanliklarini takidladi.










Havola :
Manba : t.me/boxinguzbekistan
Fikrlar