13 okt 08:58
Yangiliklar
Jahon kubogining final bosqichida ilk bor o'zbekistonlik ikki nafar mergan ishtirok etadi
Xalqaro o'q otish sporti federaciyasi mazkur musobaqada ishtirok etish uchun ilk bor O'zbekiston terma jamoasining 2 nafar azosiga taklifnoma jo'natdi.
Mazkur sport turida Jahon kubogining final bosqichi yilda 1 marotaba o'tadigan nufuzli turnir hisoblanadi. Unda o'sha yil dunyo birinchiligida shohsupaga ko'tarilgan 3 sportchi, shuningdek, yil davomida o'tgan Jahon kubogining 6 ta bosqichida eng yuqori reyting ochkolarini jamg'argan 12 nafar mergan ishtirok eta oladi.
Bu yilgi Jahon kubogi bosqichlaridagi muvaffaqiyatli ishtiroki orqali kuchli 12 talikka kirgan Muhammad Kamalov hamda Vladimir Svechnikov pnevmatik to'pponchadan otish dasturida Doxada o'tadigan final bahslariga yo'l olishdi. Malumot uchun, O'zbekiston terma jamoasi azolari so'nggi marta 2008 yil bunday nufuzli musobaqada ishtirok etishgan bo'lsa, birinchi bor 2 nafar sportchi bilan final bosqichiga yo'l olishdi.
Fikrlar