29 okt 10:39
Yangiliklar
Boks/MMA
Jahongir Najmiddinov Alash Pride Ligasida jang qiladi (POSTER)
Eng engil vazn toifasidagi o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Jahongir Najmiddinovning navbatdagi jangi tafsilotlari malum bo'ldi.
Hamyurtimiz 9 noyabr kuni Qozog'istonning Taraz shahrida o'tkaziladigan Alash Pride FC 114 turnirida oktagonga ko'tariladi.
Najmiddinovga o'sha kuni Qozog'iston vakili Jankeldi Raxmash raqib bo'ladi.
Malumot uchun, Jahongir Najmiddinov hozirga qadar 20 ta jang o'tkazib, 10 g'alaba, 8 mag'lubiyat va 2 ta durang rasmiylashtirgan. Jankeldi Raxmash hisobida esa 1 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat bor.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar