19 fev 20:38
Yangiliklar
Boks/MMA
Jahongir Najmiddinov Octagon 41 doirasida qozog'istonlik raqibiga mag'lub bo'ldi
Jahongir Najmiddinov Octagon 41 musobaqasi doirasida oktagonga ko'tarildi.
Qozog'istonning Olma-Ota shahrida joylashgan "Baluan-SHolak" arenasida o'tkazilayotgan Octagon 41 musobaqasi o'zbekistonlik jangchilar uchun o'z yakuniga etdi.
Biroz avval o'zbekistonlik Jahongir Najmiddinov (8-5-1) qozog'istonlik Teymur Japarovga (12-3-1) qarshi oktagonga ko'tarildi. 3 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi va unda qozog'istonlik Teymur Japarov hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozondi.
Takidlash zarur, bugungi kun doirasida uch nafar o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustalari oktagonga ko'tarilib, ikki nafari g'alaba qozondi, bir nafari mag'lub bo'ldi.
Havola :
Manba : t.me/octagonleague
Fikrlar