19 jan 12:02
Yangiliklar
Boks/MMA
Jahongir Rasulov ringga qaytmoqda. Uning bir yarim yillik tanaffusdan keyingi raqibi kubalik bo'ladi (POSTER)
Professional boksning super engil vazn toifasida faoliyat olib boruvchi o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi Jahongir Rasulovning navbatdagi jangi tafsilotlari oydinlashdi.
Hamyurtimiz 24 yanvar kuni Rossiya Federaciyasining Ekaterinburg shahridagi "RMK aralash yakkakurashlar akademiyasi"da tashkil etiladigan RCC Boxing Gran Prix turniri doirasida ringga ko'tariladi. Unga o'sha kuni Kuba vakili Daniel Rodriges raqib bo'ladi.
Rasulov faoliyati davomida hozirgacha 9 ta jangda qatnashib, 7 g'alaba, 1 mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. U oxirgi jangini 2024 yilning sentyabr oyida rossiyalik Ivan Kozlovskiyga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy bergandi. Daniel Rodriges hisobida esa 10 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat bor.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar