So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

18 apr 15:25
Yangiliklar

Sport kurashlari

Jahongirmirzo oltin, Ixtiyor, Amirjon va Rustam esa bronza medali uchun gilamga chiqadi

Teglar :  Ixtiyor Navro'zov
Qozog'istonning Olmaota shahrida o'tkazilayotgan sport kurashlari bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati bugun o'z yakuniga etadi.

Xabar berganimizdek, bugun erkin kurash musobaqasida 5 ta vazn toifasida g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ladi. Biroz avval saralash bellashuvlari yakunlanib, kechki dasturda medallar uchun gilamga chiqadigan erkin kurashchilar nomi malum bo'ldi. 

Etiborga molik jihati shundaki, bugun bahslarga kirishgan 5 kurashchimizdan 4 nafarida Osiyo chempionatidan medal bilan qaytish imkoniyati bor. 61 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Jahongirmirzo Turobov Osiyo chempionligi uchun qozog'istonlik Adlan Askarovga qarshi gilamga chiqadi. U chorak finalda yaponiyalik SHoya SHimaeni 5-2, yarim finalda esa koreyalik Kim Sung Gvonni 4-0 hisobida engdi. 

Rio-2016 Olimpiadasining bronza medali sovrindori Ixtiyor Navro'zov ilk bellashuvida mag'lubiyatga uchragan bo'lsa-da, lekin o'tish bahsi orqali bronza medali uchun kurashish imkoniyatini qo'lga kiritdi. O'tish bellashuvida koreyalik Li Syong CHuldan ustun kelgan Navro'zov endi bronza medali uchun turkmanistonlik Atamirat CHarlievga qarshi bahs olib boradi. 

92 kg vazndagi kurashchimiz Rustam SHodiev ham bronza medali uchun kurashadi. Uning raqibi hindistonlik Sanjit Sanjit bo'ladi. SHodiev chorak finalda qirg'izistonlik CHingiz Kerimkulovni 9-1 hisobida engib, yarim finalda eronlik Kamran Gasempurga imkoniyatni boy berib qo'ygandi.

Terma jamoamizning eng og'ir - 125 kg vazn toifasidagi vakili Amirjon Nutfullaev yaponiyalik Taiki Yamamotoni 11-6, tojikistonlik Rustam Iskandarini 19-14 hisobida dog'da qoldirdi. Ammo, yarim finalda mezbon kurashchi Oleg Boltinga yutqazdi. Amirjon Osiyo chempionatining bronza medali uchun mo'g'ulistonlik Xuderbulga Dorjkandga qarshi gilamga chiqadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing