06 apr 15:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Jalolov prof faoliyati davomida ilk bor to'liq jang o'tkazdi. Bahodir avvalgi janglarini nechanchi raundlarda yakunlagan edi?
O'zbekistonlik professional bokschi Bahodir Jalolov kecha faoliyatidagi o'n beshinchi jangini o'tkazdi.
U Astana (Qozog'iston) shahrida bo'lib o'tgan boks oqshomi doirasida ukrainalik Igor SHevazuckiyni to'liq 10 raund davom etgan jangda ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi.
Bu Jalolovning prof karerasi davomida to'liq o'tkazgan ilk jangi bo'ldi. Hamyurtimiz avvalgi 14 ta jangining barchasida raqiblarini KO-TKO hisobiga taslim etgandi.
Hamyurtimizning oldingi janglariga nazar tashlaydigan bo'lsak, u raqiblarini asosan ilk raundlarda muddatidan oldin engganini ko'rishimiz mumkin:
1-raundda: 7 nafar raqibini mag'lub etgan;
2-raundda: 2 nafar;
3-raundda: 1 nafar;
4-raundda: 2 nafar;
5-raundda: 1 nafar;
8-raundda: 1 nafar.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar