So’nggi yangiliklar

17:28"Барселона" "янги Неймар" учун 20 млн евро тўлаши мумкин — AS 0 17:03Кишинёв Челленжери. Фоминни илк даврадаёқ тўхтатишди 0 16:39"Конор UFC'дан кетиш жараёнини тезлаштирмоқчи" - эксперт 0 15:15PFL Усман Нурмагомедовнинг навбатдаги жангини анонс қилди 0 14:30Хави "Милан"да Аллегри ўрнини эгаллаши мумкин 0 13:49"Шу жангни ютсам, ТОП-10'га кираман" - Рамазон Темиров 0 12:36"У сўзида турмади". Бетербиев Бивол ҳақида гапирди 0 11:18Чемпионлик сари йўл. Зангиота руҳи мададкор бунда! 0 10:45Эрон ЖЧ-2026 вақтида Мексикада яшайди, лекин... 0 09:23Отабек Холматов Тошкентдаги бокс оқшомида жанг қилиши мумкин 0 08:30"Ролан Гаррос". Бугун Камилла Раҳимова дунёнинг 10-ракеткасига қарши кортга чиқади 0 07:53"Ўлиминг яқинлашмоқда". Нассурдин Имавов Стриклендга мурожаат қилди 0 19:04Ўзбекистон Кубоги 1/8 финалига қачон қуръа ташланиши маълум 0 18:40Дмитрий Биволга Ислам Махачев билан жанг ҳақида савол беришди, боксчи эса бунга жавоб берди 0 18:17Усикнинг собиқ промоутери Александрга фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0

12 apr 14:12
Yangiliklar

Sport kurashlari

Jalolovda kumush, Poyonovda bronza, Jamalov esa medalsiz qoldi

Erkin kurashchilarimiz Qirg'iz Respublikasi poytaxti Bishkek shahrida o'tkazilayotgan sport kurashlari bo'yicha Osiyo chempionatini oltin medalsiz yakunlaydigan bo'lishdi.

Finalga qadar etib kelgan yagona erkin kurashchimiz Umidjon Jalolov (-65 kg) hindistonlik doimiy raqibiga yutqazib, kumush medal bilan kifoyalandi. SHerzod Poyonov (-92 kg) esa uchinchi o'rin uchun kechgan bellashuvda g'alaba qozonib, bronza medaliga sazovor bo'ldi.

Yarim finalda yaponiyalik unchalik taniqli bo'lmagan kurashchiga bir ochko farqi bilan yutqazib qo'ygan Parij Olimpiadasi chempioni Razambek Jamalov bronza medali uchun kechishi kerak bo'lgan bellashuvga chiqmadi. Buning natijasida bronza medali mo'g'ulistonlik Suldhuu Olonbayarga taqdim etildi. 

Bugun uch nafar erkin kurashchimiz - Begijon Qo'ldoshev, Bobur Islomov va Parij Olimpiadasi sovrindori G'ulomjon Abdullaev Osiyo chempionatining bronza medali uchun gilamga chiqadi. 


Bronza uchun kurashadigan hamyurtlarimiz:

-61 kg: G'ulomjon Abdullaev — Azatberdi Ashurguleev (Turkmaniston)

-74 kg: Begijon Qo'ldoshev —  Mustafo Ahmedov (Tojikiston)

-86 kg: Bobur Islomov / Xidir Saypudinov (Bahrayn) — Bolat Sakaev (Qozog'iston)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing