So’nggi yangiliklar

07:22"Манчестер Юнайтед" голларга бой ўйинда "Ливерпуль"ни мағлуб этди 0 07:01"Олимпия шаҳарчаси"да бокс бўйича Осиё чемпионатининг очилиш маросими ўтказилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 18:53Нукус шаҳрида кичик ёшли ўсмирлар ўртасида Ўзбекистон кубоги бўлиб ўтди 0 18:32Марта Костюк Мадрид WTA 1000 турнири чемпиони! 0 18:11"Челси" ва МЮ Араухо учун рақобатлашмоқда 0 17:50Магнус Карлсен: "Нодирбек ҳозирда дунёнинг энг хавфли шахматчиси!" 0 17:29Қиличбозлик бўйича Ўзбекистон чемпионати старт олди 0 17:08Расман! Тим Цзюнинг 3 йилдан бери рингга чиқмаган Эррол Спенсга қарши жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 16:47Англиянинг топ-клуби Хаби Алонсо билан боғланди 0 16:26MMA жамоатчигининг Пратес - Маддалена жангига муносабати 0 16:05Хайме Мунгия WBA йўналишининг янги чемпиони 0 15:44Бенавидес Рамиресни тўхтатди ва Канелога "вызов" ташлади 0 15:23"Ювентус" "Реал" ҳужумчисини ўз сафига қўшмоқчи 0 15:02"Махачев - Гарри жанги ғолиби билан уришмоқчиман" - Карлос Пратес 0 14:41"Аввал Махачевни ютаман, кейин сен билан Бразилияда жанг қиламан" - Гарри Пратесга мурожаат қилди 0

13 jan 17:38
Yangiliklar

Boks/MMA

Jalolovga ikki bor yutqazgan Torres davogarlik jangida ringga chiqadi

Superog'ir vazn toifasi IBF reytingida to'rtinchi o'rinni egallab turgan amerikalik Richard Torres chempionlik kamari uchun yaqinlashmoqda.

Xalqaro boks federaciyasi (IBF) 22 yanvar kuni superog'ir vazn toifasida kubalik Frenk Sanches (reytingda 3-o'rin) va amerikalik Richard Torres (reytingda 4-o'rin) o'rtasidagi Eliminator, yani saralash jangini o'tkazish uchun ochiq savdo o'tkazadi. Ushbu jang g'olibi ukrainalik Aleksandr Usik egalik qilib turgan IBF chempionlik kamari uchun majburiy davogarga aylanadi.

Aslida Sanches va Torres o'rtasidagi jang o'tgan yilning dekabr oyi boshidayoq belgilangandi. Lekin bokschilarning jamoalari jang o'tkazish bo'yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunlash uchun muhlat olishdi. Yakunda ular belgilangan muddatda kelisha olishmadi va IBF ochiq savdo sanasini belgiladi.

SHunga qaramay, savdo boshlanishidan oldin Sanches va Torres vakillarida jang bo'yicha kelishuvga erishish imkoniyati bor.

Eslatib o'tamiz, charm qo'lqop ustamiz Bahodir Jalolov ikki bor Richard Torresni mag'lubiyatga uchratgan edi. Avvaliga 2019 yil Ekaterinburgdagi jahon chempionatida hamyurtimiz amerikalik raqibini chuqur nokautga uchratgan. Keyin esa Tokio-2020 Olimpiadasi finalida ham raqibidan ustun kelgan. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing