10 apr 07:51
Yangiliklar
Jalolovni ringga chorlagan bokschi raqibiga ilk mag'lubiyatni taqdim etdi
23 yoshli Anderson 31 yashar vatandoshi Jorj Ariasga qarshi ringga ko'tarildi va muddatidan avval g'alabaga erishdi. Bu tajribali Ariasning faoliyatidagi ilk mag'lubiyat bo'ldi. Uchinchi raundda o'tkazib yuborilgan kuchli zarbalardan so'ng Jorjning sekundantlari jangni davom ettirmaslikka qaror qilishdi.
Anderson ayni paytda WBC va WBA reytinglarida 11, WBO yo'nalishida esa 9-o'rinni egallab turibdi. Bugungi g'alaba evaziga u o'ziga tegishli bo'lib turgan WBO International kamarini himoya qildi, vakant bo'lib kelgan WBC United States kamarini esa qo'lga kiritdi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yili Jared Anderson Bahodir Jalolov bilan jang qilish istagini bildirib, uni ringga chorlagan edi.
Jalolov — yaxshi bokschi. U masofa saqlashni biladi. Qanday vaziyatda zarba yo'llash kerak emasligini ham juda yaxshi biladi. SHuningdek, u chap qo'lda yaxshi jang qiladi. Agar Jalolov AQSHga kela olsa, men jang qilishim mumkin bo'lgan yigitlardan biriga aylanadi", - degandi o'shanda Anderson.
Fikrlar