23 mar 16:38
Yangiliklar
Boks/MMA
Jamal Xill: "Bu jang Pereyra uchun yaxshilik bilan tugamaydi"
UFC sobiq chempioni Jamal Xill Aleks Pereyrani nokaut evaziga mag'lub etishini aytdi.
"Undan yaxshiroq ekanligimni his qilyapman. Men bu haqida ko'plab intervyularimda gapirdim, ammo odamlar bunga ishonishmaydi. Men haqiqatdan ham har tomonlama yaxshiroqman.
Bu jang u uchun yaxshilik bilan tugamaydi. Siz uni o'zingiz istaganingizdek kuchli, katta deb tasavvur qilishingiz mumkin. Ammo men uni nokaut qilganimda barchasini tushunasiz", - dedi Xill.
Eslatib o'tamiz, Xill va Pereyra o'rtasidagi jang 14 aprel kuni o'tkaziladigan UFC 300 turnirining markaziy to'qnashuvi bo'ladi.
Havola :
Manba : MMA Hour
Fikrlar