10 may 11:54
Yangiliklar
Boks/MMA
Jamal Xill UFC 292 turnirida Irji Proxazka bilan jang qilmoqchi
Engil vazn toifasida UFC chempioni Jamal Xill yoz oxirigacha CHexiya vakili Irji Proxazkaga qarshi jang o'tkazish istagi borligini aytdi.
"Umid qilamanki, biz tez orada shartnoma imzolaymiz. Lekin avgustgacha kutishni xohlamayman. Men yoz oxirigacha kuta olaman. Irji bo'ladimi yoki boshqasi, men shartnoma imzolashga tayyorman.
Faqat Proxazka bilan jang menga ko'p narsa beradi. Lekin agar u buni uddalay olmasa, men har qanday jangchi bilan kurashishga tayyorman. Bazi yigitlar o'zlarini tanib olish va ajralib turish uchun oldinga bir necha qadam tashlashlari kerak bo'ladi.
Kim bo'lishidan qatiy nazar, men uni osongina mag'lub etaman. Proxaxka bilan jang ajoyib bo'lishini bilaman. Bu muxlislar uchun ham juda qiziq", - dedi Jamal Xill.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar