15 dek 14:54
Yangiliklar
Boks/MMA
Guskov bilan durang qayd etgan Yan Blaxovich Jamal Xillga "vyzov" tashladi va darhol javobini oldi
Yarim og'ir vazn toifasida sobiq UFC chempionlari Yan Blaxovich va Jamal Xill navbatdagi jangda o'zaro oktagonni bo'lishmoqchi.
"Sen sog'ayib ketishing bilan men tayyorman bo'laman", - deb yozdi polshalik jangchi ijtimoiy tarmoqda amerikalikka murojaat qilib.
"Boshqa gapirishning hojati yo'q - oktagonda ko'rishguncha!", - deya javob berdi Xill.
Yan Blaxovich bir hafta oldin hamyurtimiz Bogdan Guskov bilan jangda durang natija qayd etgan va divizion reytingidagi beshinchi o'rinni saqlab qolgandi. Bundan avvalgi ikki jangida esa u Aleks Perreyra va Karlos Ulbergga imkoniyatni boy bergan edi.
Jamal Xill esa iyun oyida ketma-ket uchinchi mag'lubiyatini qabul qilib olgandi. U so'nggi jangida hakamlar qaroriga ko'ra Xalil Rauntriga yutqazgandi. Hozirda Jamal divizion reytingida ettinchi o'rinni egallab turibdi.

Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar