So’nggi yangiliklar

19:45Махачевнинг менежери ММА тарихидаги буюк жангчиларни санади. Улар орасида Ислам ва Хабиб ҳам борми? 0 19:13Рэшфорд “Барселона”га мурожаат қилди: “Ҳар лаҳзадан завқ олдим” 0 18:46Крис Сайборг Ронда Роузига "вызов" ташлади 0 18:18Хамзат Чимаев Стриклендга: "Кечирим сўра!" 0 17:53IBA раҳбари Кремлёв Россия борасидаги қарордан сўнг World Boxing'га мурожаат қилди 0 17:19“Реал” футболчиси жароҳат сабаб бир неча ҳафтани ўтказиб юбориши мумкин 0 16:47Россия Қозоғистонда ўтказиладиган World Boxing Жаҳон чемпионатида иштирок этмоқчи 0 16:12Гусков жанг қилиши керак бўлган UFC турнири иштирокчилари тарозига чиқди 0 15:44Умида Омонова — Осиё чемпионати совриндори! 0 15:11"Бавария" уч футболчига умид боғламаяпти: уларнинг клубда келажаги йўқ 0 14:38Рамазон Темиров янги ҳомийлик шартномасини имзолади (ФОТО) 0 14:12Шаҳноза Мамажонова пара ўқ отиш бўйича Жаҳон кубоги ғолиби 0 13:44World Boxing россиялик боксчиларга байроқ ва мадҳия остида турнирларда қатнашишга рухсат берди 0 13:19"Челси" Франция терма жамоаси аъзосини 60 миллион еврога coтиб oлди 0 12:46Хабиб Ислам Махачевнинг чемпионлик жангига тайёргарлигига баҳо берди 0

08 sen 10:20
Yangiliklar

Paralimpiya

Jami 26 ta medalga ega O'zbekiston paralimpiyachilari nechanchi o'rinda?

Parij shahri mezbonligida o'tayotgan Yozgi Paralimpiya o'yinlarining navbatdagi kungi bahslari ham ortda qoldi.

Kechagi kun doirasida o'zbekistonlik paralimpiyachilar 1 tadan oltin, kumush va bronza medalini qo'lga kiritdi. Kechagi kunning biz uchun yagona oltin medali para engil atletikachimiz Nurxon Qurbonova O'zbekiston delegaciyasiga taqdim etdi. Bu Parij paralimpiya o'yinlaridagi o'ninchi oltin medalimiz bo'ldi. 

Bugungi kun oldidan O'zbekiston sport delegaciyasi 10 ta oltin, 9 ta kumush, 7 ta bronza, jami 26 ta medal bilan umumjamoa hisobida 13-o'rinni egallab turibdi. Kecha 12-pog'onada edik. Biz singari 10 ta oltin, 9 ta kumush medalga ega Kanada terma jamoasi 12-o'ringa ko'tarilib oldi. Okean orti vakillari hisobida 10 ta bronza medali bor. 

Kecha 11 ta oltin medal qo'lga kiritgan Xitoy Respublikasining umumiy medallari 200 tadan oshdi. CHin yurti vakillari 94 ta oltin, 73 ta kumush, 49 ta bronza, jami 216 ta medal bilan ro'yxatda katta ustunlik bilan peshqadamlikni davom ettirmoqda. Qirq ettita oltin, 42 ta kumush, 31 ta bronza medaliga ega Buyuk Britaniya ikkinchi o'rinni egallab turibdi. AQSH sportchilari 36 ta oltin, 41 ta kumush, 25 ta bronza medali bilan kuchli uchlikka yakun yasashgan. Niderlandiya delegaciyasi 26 ta oltin, 17 ta kumush, 12 ta bronza medali to'rtinchi pog'onadan joy olgan.  

Bizdan avvalgi o'rinlarni Kanada, Germaniya, Yaponiya, Avstraliya, Franciya, Ukraina, Braziliya va Italiya terma jamoalari band etgan. Jami 66 davlat delegaciyalari hisobida kamida 1 tadan oltin medal bor. Kamida 1 ta bronza medalini qo'lga kiritgan davlatlar soni 85 taga etdi.  

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing