So’nggi yangiliklar

18:24Жароҳат олган Жалолиддин Машарипов қачон умумий гуруҳ машғулотларига қайтишини айтди 0 18:01Камилла Раҳимова "лаки-лузер" сифатида асосий тўрга қўйилди, бугун у 1/64 финалда кортга чиқади 0 17:38Усик Жон Жонс билан жангга тайёр 0 17:16Порье Хабибнинг қайси жиҳатидан ҳайратланишини айтди 0 16:51Сенегал футбол федерацияси Африка кубоги финалидаги қарорни CASга олиб чиқади 0 16:25"Бу менинг сўнгги рақсим бўлади" - Усик охирги жангини кимга қарши ўтказишини айтди 0 16:02"Ёқадими-ёқмайдими, Евлоев навбатдаги чемпион бўлади" - менежер 0 15:39Промоутер Фьюри — Жошуа ҳақидаги гап-сўзларга муносабат билдирди 0 15:17ФИФА Эронга умид билдирмоқда 0 14:52Майк Тайсон замонавий бокснинг юзи ким эканлигини айтди 0 14:30"Усик мен билан жанг қилишдан қўрқаяпти" - Уайлдер 0 14:07Арман Царукян яна P4P рейтингига қайтди 0 13:56Суперлига. Бугун 4-турга старт берилади 0 13:35Дана Уайт Александр Усик билан шартнома имзоламоқчи 0 13:14Теренс Кроуфорд бокс тарихидаги энг яхши учта жангни айтди 0

17 apr 08:25
Yangiliklar

Sport kurashlari

Jami 30 sport kurashchimiz qatnashgan Osiyo chempionatini oltin medalsiz yakunladik + FOTOGALEREYA

Olti kun davomida Qirg'iz Respublikasi poytaxti Bishkek shahri sport kurashlari bo'yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qildi.

Kecha qita chempionatining so'nggi kuni yunon-rum kurashi bo'yicha yana 5 ta vazn toifasida g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ldi. Klassiklarning ilk kungi bellashuvlarida Doniyorxon Nakibov (-77 kg) va Rahimjon Uzoqov (-87 kg) bronza medallarini qo'lga kiritishgandi. Kechagi kun Abdullo Aliev (-72 kg) va Muhammadqodir Rasulov (-82 kg) ham bronza medallariga sazovor bo'lishdi.

SHu tariqa, O'zbekiston sport kurashlari (erkin, yunon-rum va ayollar kurashi) terma jamoasi olti kunlik bellashuvlar yakuniga ko'ra Osiyo chempionatini oltin medalsiz yakunladi. Erkin kurashchilarimiz 2 ta kumush, 1 ta bronza, yunon-rum kurashchilarimiz esa 4 ta bronza medaliga sazovor bo'lishdi. Ayollar kurashi vakilalalari esa O'zbekistonga quruq qo'l bilan qaytishdi.  


Kumush medal sohiblari:

-86 kg: Javrail SHapiev (erkin kurash)

-92 kg: SHerzod Poyonov (erkin kurash)


Bronza medal sohiblari:

-79 kg: Asomiddin Hasanov (erkin kurash)

-72 kg: Abdullo Aliev (yunon-rum kurashi)

-77 kg: Doniyorxon Nabikov (yunon-rum kurashi)

-82 kg: Muhammadqodir Rasulov (yunon-rum kurashi)

-87 kg: Rahimjon Uzoqov (yunon-rum kurashi)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing