07 may 17:10
Yangiliklar
Jamila Panfilova Osiyo chempionatida ikkita bronza medalini qo'lga kiritdi
Ayollar o'rtasida o'tgan -55 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda Jamila Panfilova ikkita bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Hamyurtimizning dast ko'tarishda qayd etgan 86 kg, siltab ko'tarishdagi 105 kg natijasi unga har ikki yo'nalishda shohsupaga ko'tarilishini taminladi. Afsuski, sportchimiz ikki kurash bo'yicha to'rtinchi o'rinni egalladi. Mazkur vazn toifasida qatnashgan yana bir atletimiz Nigora Abdullaeva esa musobaqani to'qqizinchi pog'onada yakunladi.
-55 kg:
1. Guan CHen (Xitoy Taipeyi) – 204 (90+114) kg
2. Soroxaimbam (Hindiston) – 194 (83+111) kg
3. Vo Ti Nxu (Vetnam) – 192 (88+104) kg
4. Jamina Panfilova (O'zbekiston) – 191 (86+105) kg ...
9. Nigora Abdullaeva (O'zbekiston) – 167 (77+90) kg.
Fikrlar