01 sen 20:07
Yangiliklar
Jang oldidan Xabib yoki Getji jarohat olsa nima bo'ladi?
Unda engil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedov vaqtinchalik chempion Jastin Getjiga qarshi oktagonga ko'tariladi. UFC 254 turniri tashkilotchilari har qanday holatning oldidin olish uchun tayyor turishmoqchi.
Jumladan, promoushen rasmiylari markaziy jang ishtirokchilaridan biri jarohat olsa, ushbu jangning o'rnini egallashi mumkin bo'lgan juftlik variantini ham ko'rib chiqishyapti. Dastin Pore va Toni Fergyuson bu borada o'z xizmatlarini taklif qilishga ham ulgurishdi.
"Hozircha menda Toni Fergyuson bilan jang uchun rasmiy shartnoma yo'q. Lekin ishonchim komil, tashkilot bu jangni tashkil etish bo'yicha ishlayapti. Bizning jang Xabib — Getji oqshomining anderkard jangi bo'ladi. Agar markaziy jang bekor qilinsa, u holda Toni bilan jangimiz oqshomning markaziy to'qnashuviga aylanadi. Hozir shu haqida gap bo'lyapti", — dedi engil vaznda sobiq vaqtinchalik UFC chempioni Dastin Pore.
Fikrlar