28 okt 08:54
Yangiliklar
Boks/MMA
Jang qilganiga ko'p bo'lmagan Furqatbek Yoqubovning navbatdagi raqibi elon qilindi
O'ta engil vazn toifasida faoliyat olib boruvchi o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Furqatbek Yoqubovning navbatdagi jangi tafsilotlari malum bo'ldi.
Hamyurtimiz 15 noyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Al-Ayn shahrida o'tkaziladigan UAE Warriors 65 turniri doirasida oktagonga ko'tariladi.
O'sha kuni Yoqubovga filippinlik Ruel Panales raqib bo'lishi belgilangan. Jang asosiy kardga kiritilgan.
Furqatbek (15-4) 25 oktyabr kuni GFC 33 turnirida jang qilib, belaruslik Nikita Rachkovni mag'lubiyatga uchratgan edi. Ruel Panales shu kungacha 9 ta jang o'tkazib, 6 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat qayd etgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar