29 iyu 10:46
Yangiliklar
Boks/MMA

"Jang shunchaki bomba bo'ladi". Xasbik Maxachev - Oliveyra chempionlik jangi haqida gapirdi
Xasbik nomi bilan tanilgan mashhur Xasbulla Magomedov engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedovning Islam Maxachev va CHarlz Oliveyra o'rtasidagi chempionlik jangi haqidagi so'nggi gaplariga munosabat bildirdi.
"Jang shunchaki bomba bo'ladi", — deya Xasbik Xabibning ijtimoiy tarmoqdagi postiga izoh qoldirdi.
Eslatib o'tamiz, Maxachev va Oliveyra o'rtasidagi jang 22 oktyabr kuni UFC 280 turnirida bo'lib o'tadi.
Islam Maxachev so'ngi jangida UFC Fight Night 202 turnirida Bobbi Grinni texnik nokautga uchratib g'alaba qozongan.
Oliveyra esa so'ngi bor UFC 274 turnirida amerikalik Jastin Getjini birinchi raunddayoq bo'g'ish usuli bilan mag'lub etgandi. Ammo, braziliyalik jangchi vazn o'lchashdagi meyoridan ortiqcha 200 gramm uchun kamaridan mahrum qilingandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar