19 avg 14:44
Yangiliklar
Boks/MMA

Jang UFC 321 turniriga qaytarildi. Tashkilot xatosini to'g'riladi
UFC 319 turniri yakunlariga bag'ishlagan matbuot anjumanida yarimog'ir (93 kg.gacha) vazn toifasidagi jang UFC 320 kardiga qo'yilgani elon qilingandi.
Jonli efirda turnir kardi ham namoyish etilib, unda yarimog'ir vazn UFC reytingida 11-o'rinni egallab turgan, mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan rossiyalik Azamat Murzakanov hamda divizionning ettinchi raqamli jangchisi avstriyalik Aleksandar Rakich o'rtasidagi to'qnashuv ham asosiy kardga qo'yilgani aks etgandi.
Oradan bir kun o'tib, tashkilot o'z xatosini to'g'riladi. Jang yana o'zining joyi - UFC 321 turniriga qaytarildi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar