So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

11 jan 12:37
Yangiliklar

Boks/MMA

"Jangda men g'alaba qozongandim". Qozog'istonlik bokschi Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaevdan revansh olmoqchi

Qozog'istonlik bokschi Sanatali Toltaev IBA jahon chempionati chorak finalida Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaevga qarshi o'tkazilgan jang natijasi haqida fikr bildirdi.

— Sanatali, Dubayda Asadxo'ja bilan bo'lgan jangingiz haligacha ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. O'shanda bu savolni berish imkoniyati bo'lmagandi, hozir esa bor. SHu bois fikringizni bilmoqchimiz.

— Jahon chempionati yakunlandi. Albatta, afsuslanish bor. Murabbiylar fikriga ko'ra ham, o'z fikrimga ko'ra ham men g'olibga o'xshab ko'ringanman. Birinchi raundni yutdim, ikkinchi raundni ishonchli tarzda yutdim. Uchinchi raundda esa, ikki raund natijasiga ko'ra oldinda ekanimni bilib, raqibni nokaut qilishga urindim va shu xatom bo'ldi. Natijada uchinchi raundni yutqazdim. Umumiy hisobda — 2:1. O'z hisob-kitobimga ko'ra, men jangda g'alaba qozondim, deb hisoblayman.


— Raundlar bo'yichami?

— Ha, raundlar bo'yicha.


— Ko'pchilik ham shuni ko'rdi. Umuman olganda, murabbiylar hisobni qanday bo'lsa shunday aytadimi yoki biroz yumshatib etkazishadimi?

— Ha, men o'zim murabbiylardan hisobni rostdan, qanday bo'lsa shunday aytishni so'raganman.


— Bu sizga psixologik jihatdan tasir qilmadimi?

— Yo'q, mutlaqo. Bu erda yashiradigan hech narsa yo'q. Sen ringga chiqqach, jang davomidayoq hakamlarda qanday fikr va qanday qaror bo'lishi mumkinligini his qilasan.


— Asadxo'ja haqida nima deysiz? Balki kelajakda yana uchrasharsizlar.

— Yaratgan nasib qilsa ajab emas. Nima deyish mumkin… u jahon chempioni, Olimpiya chempioni. Bunday jangchilar tasodifan chiqib qolmaydi. Men yaxshi tajriba oldim. Yaratganning inoyati bilan keyingi janglarda katta ustunlik bilan g'alaba qozonaman.


— Uning natijalari sizga psixologik bosim qilmadimi?

— Yo'q. Ringdan tashqarida, ehtimol, uning katta nomi bordir, lekin ring ichida barchamiz tengmiz.


— Jangdan keyin o'zaro gaplashdinglarmi?

— Faqat qo'l berib ko'rishdik, rahmat aytdik — xolos. Boshqa hech narsa yo'q.


Eslatib o'tamiz, qozog'istonlik bokschi Dubayda bo'lib o'tgan IBA jahon chempionati chorak finalida Olimpiada va Jahon chempioni Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaevga qarshi jang qilib, 1:4 hisobida yutqazgandi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing