18 okt 16:23
Yangiliklar
Boks/MMA

Jangga ikki hafta qolganida Mahmud Muradovning raqibi o'zgardi + FOTO
UFC promoushenidagi ilk jangchimiz Mahmud Muradovning Polshada o'tkazgan o'quv-mashg'ulot yig'inini yakunlab, CHexiyaga qaytgani haqida xabar bergan edik.
Hamyurtimizning 30 oktyabr kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida polshalik Krishtof Jotkoga qarshi oktagonga ko'tarilishi belgilangandi. Lekin jangga ikki hafta qolgan bir paytda Jotkoning oktagonga ko'tarilmasligi malum bo'ldi.
"Afuski, Krishtof Jotko mashg'ulot chog'ida jarohat orttirib oldi. Buning natijasida bizning jangimiz bekor bo'ldi. SHunday bo'lsa-da, jang belgilangan muddat va manzilda o'tkaziladi. Men yangi jang shartnomasiga imzo chekdim. SHu kunlarda raqib nomini elon qilamiz. Nasib qilsa, chiroyli g'alabam bilan barchangizni xushnud etaman", - deydi Muradov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar